Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tennis bo‘yicha ATP tur doirasidagi turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 439,405 yevroni tashkil etuvchi musobaqada o‘zbekistonlik Denis Istomin ham ishtirok etayotgan edi, deb xabar beradi Olamsport.com.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi ilk davrada saralash bahslari g‘oliblaridan biri bo‘lgan Nikola Mektichga sharmandali tarzda 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Taqqoslash uchun, xorvatiyalik tennischi dunyo reytingida 289, Istomin esa 65-o‘rinni egallab turibdi.
Endi Istominga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan Nikola ikkinchi bosqichda ispaniyalik Daniel Gimeno-Traver bilan to‘qnash keladi. Traver birinchi bosqichda turnirning 6-raketkasi serbiyalik Viktor Troitskini 5:7, 6:3, 6:1 hisobida taslim etgan edi.
Izoh (0)