Pokistonda “sharaf uchun qotillik qilish”da gumon qilinib, otasi bilan birgalikda o‘z xotinini yoqib yuborgan Muhammad Siddiq hibsga olindi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse. Bunga 25 yoshli Shabana Bibi ruxsatsiz uydan ko‘chaga chiqqani sabab bo‘lgan.
Erning aniqlik kiritishicha, uch yillik xotini o‘zboshimchalik bilan opasinikiga mehmonga otlangan. Qaytib kelgach, uni Siddiq otasi bilan birgalashib do‘pposlagan, ustidan benzin quyib, yoqib yuborgan. Tanasining 80 foizi yonib ketgan ayol 18-aprel kuni vafot etdi.
Izoh (0)