Polshaning avtobus, trolleybus, tramvay ishlab chiqaruvchi Solaris Bus & Coach S.A. kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati bilan Toshkent shahar hokimligida muzokara olib bordi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Unda har ikki tomon shahar jamoat transporti tizimining asosiy talablari va Solaris’ning ta’minlash imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Polsha kompaniyasining savdo va loyihalar bo‘limi rahbari Paulo Santosning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda muammo shundaki, jamoat transportlarida ish kunining boshlanishi va yakunlanishida yo‘lovchilar juda ko‘p, qolgan vaqtlarda esa juda oz bo‘ladi. Toshkentga ana shu muammoni hal qila oladigan avtobus turi kerak.
Shuningdek, Paulo Santosning aytishicha, foydalanishga topshiriladigan avtobuslar suyultirilgan gaz asosida ishlashi kerak. “Bizning kompaniya shunday avtobusni taqdim qildi va O‘zbekiston tomonini Polshaga taklif etdi”, − dedi Santos.
Izoh (0)