Husni Muborak uzoq vaqtdan buyon davolanayotgan Qohiradagi gospital shifokorlari “Masraui” portaliga Misrning sobiq prezidenti vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Bir qancha vaqt oldin sobiq prezidentning ahvoli yomonlashgan edi, biroq hozirda Muborakning sog‘lig‘i joyida”, − dedi nashrning manbasi.
Avvalroq, 87 yoshli Muborakning o‘limi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etilishicha, Eronning “Fars” axborot agentligi ushbu ma’lumotni Twitter’dagi xabarga asoslanib tarqatgan.
Izoh (0)