Kiyev Vladimir Putinga “Donbassni qo‘shib olish” haqida berilgan taklif bo‘yicha o‘z versiyasini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi spikeri Yevgeniy Perebiynis “Donbassdan chiqib keting” degani “Donbassni qo‘shib oling” degani emasligini aytdi. Bu haqda u o‘z Twitter’ida yozib qoldirdi.
"Забирайтеся з Донбасу" не означає "забирайте Донбас", а зовсім навіть навпаки.
— Yevhen Perebyinis (@YPerebyinis) April 6, 2015
“Ushbu tadbirning qaysidir ishtirokchilari prezident bilan suhbatlari mazmunini gapirib bergani yaxshi bo‘lmabdi. Gaplari rostmi, yolg‘onmi — o‘zlarining vijdonlariga havola. Meni buni izohlab ham o‘tirmoqchi emasman”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Forbes vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, 19-mart kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi idorasi byurosi bilan yopiq uchrashuvda Vladimir Putin biznesmenlarga Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko unga Donbassni Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni taklif qilganini, biroq u bundan bosh tortganini gapirib berdi, deya xabar bergan edi.
“U [Poroshenko] menga to‘g‘ridan-to‘g‘ri: ‘Donbassni olavering’, — dedi. Men unga: ‘Aqldan ozganmisiz? Menga Donbass kerak emas. Agar sizga kerak bo‘lmasa, uni mustaqil deb e’lon qiling’, — deb javob berdim”, — deya Putin gapidan iqtibos keltirdi Forbes hamsuhbatiga tayanib.
Izoh (0)