Istanbulning “Fenerbaxche” klubi Turkiya chempionati doirasida “Rizespor” jamoasi ustidan 5:1 hisobida g‘alabaga erishdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvdan so‘ng klub avtobusiga qurolli hujum uyushtirilgan. Riza shahridan Trabzon tomon ketayotgan avtobus tomon o‘qotar quroldan o‘t ochilgan. Xabar qilinishicha, bu vaqtda avtobus katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.
Hujum natijasida avtobus haydovchisi yaralangan. Shunga qaramay, u boshqaruvni qo‘ldan chiqarmagan va jiddiy avtohalokatdan saqlanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda haydovchi jiddiy jarohat bilan kasalxonaga yetkazib borildi.
“Fenerbaxche” klubi futbolchilari va murabbiylari Trabzon shahridagi aeroportga zirxli avtomobillarda olib borilgan.
Izoh (0)