Keniyaning Garissa shahridagi universitetga “Ash-Shabob” guruhi hujum uyushtirishi natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 147 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Reuters’ga tayanib.
Bu haqda hukumat ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha maxsus operatsiya davom etmoqda.
Avvalroq 70 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi.
Hukumat ma’lum qilishicha, hujum “Ash-Shabob” guruhi tomonidan uyushtirilgan. Keniya hukumati Garissadagi universitetga hujum qilishda bosh gumonlanuvchi Muhammad Muhammud haqidagi axborot uchun 215 ming dollar miqdorida mukofot puli berishini e’lon qildi.
Izoh (0)