Istanbul prokurori Selim Kiraz garovdan ozod qilingach, kasalxonada og‘ir jarohatlardan vafot etdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kiraz beshta jarohat olgan bo‘lib, ularning uchtasi bosh qismiga berilgan.
Avvalroq Turkiya huquq himoyachilari shiddatli hujum uyushtirib, prokurorni garovga olgan terrorchilarni o‘ldirgani xabar berilgan edi. Ularning ikki nafari “Inqilobiy ozodlik xalq fronti” so‘l radikal guruhi a’zosi bo‘lgan. Reuters yo‘q qilingan terrorchilar sonini uchta deb ko‘rsatdi.
Kiraz 2013-yilda Istanbuldagi “Gezi-park”dagi namoyishlar chog‘ida gazli granatalar yomg‘iri ostida qolib ketgan 15 yoshli o‘spirin o‘limi haqidagi ishni tergov qilayotgan edi.
Qurolli kishilar prokurorni o‘z ofisida qo‘lga tushirgan va uning boshiga to‘pponcha tiralib turgani aks etgan fotosuratni internetda tarqatgan. Ular politsiyadan o‘spirin o‘limida aybdorligini tan olishni talab qilgan.
Izoh (0)