1-aprel kuni ertalab yaponiyalik qariya ayol Misao Okava vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Sayyoramizning eng keksa ayoli 5-mart kuni 117 yoshini nishonlagan edi.
Okava 1898-yilda tug‘ilgan. U bir marta turmushga chiqib, 1931-yilda beva qolgan. 2012-yilda o‘zining hamyurti Jiroemon Kimura vafot etgach, dunyoning eng keksa ayoliga aylangan edi.
Endi Yerdagi eng keksa ayol Arkanzas (AQSh) fuqarosi Gertruda Uiver bo‘ladi, u 116 yoshda.
Ta’kidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi To‘ti Yusupova ham 135 yoshida vafot etdi. Biroq u Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilmagan edi.
Izoh (0)