Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”. Bungacha u xusiy isyonchilardan yashirinib turgan Adan portidan chiqib, Ummonga uchinchi urinishda kirgani xabar qilingan edi.
Hodiy 28-mart kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tadigan Arab davlatlari ligasi sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. Avvalroq u BMT Xavfsizlik kengashidan Yamanga harbiy intervensiya o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy Adan shahridagi boshpanasidan noma’lum yo‘nalishga qarab qochgan, bunga shaharga xusiylar yaqinlashayotgani sabab bo‘lgan edi.
26-mart, payshanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni shia isyonchilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi, unda yana to‘qqiz davlat qatnashmoqda. Ar-Riyod xusiylarga qarshi 100 ta qiruvchi samolyot va 150 mingta askar jo‘natdi.
Izoh (0)