Sidney universiteti psixologiya professori Diana Teodora Kenni musiqachilar o‘zi shug‘ullanadigan janr hamda ularning umri davomiyligi va o‘limi sabablari orasida bog‘liqlik borligini aniqladi, deb xabar bermoqda “Lookatme.ru”.
Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, jaz, blyuz, kantri va gospel singari eski janrlar vakillari umrining davomiyligi o‘rtacha amerikalik yashash vaqtiga (60−65 yil) teng.
Soul, R&B, pop, folk, etnik musiqa vakillari o‘rtacha 55−60 yil, rokerlar 45 yil, metall janri musiqachilari 40 yil, pank janri vakillari 35 yil yashagan bo‘lsa, reperlar ko‘pincha 30 yoshida vafot etgan. Shuningdek oxirida sanalgan janrlar vakillari ko‘pincha qotillik, o‘z joniga qasd qilish kabi sabablar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)