Chevrolet Malibu sedanining keyingi avlodi ota-onalar uchun o‘smirlarga avtomobilning ba’zi tizimlaridan foydalanishni taqiqlash va bolalarning avtomobilni boshqarish uslubi haqida xabardor bo‘lish imkonini beruvchi Teen Driver tizimi bilan ta’minlanadi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Tizim ishlashi uchun multimedia majmuasining ota-onalar paroli bilan himoyalangan maxsus bo‘limida yosh haydovchilar foydalanishi uchun kalit yozilishi lozim. Teen Driver funksiyasi har bir harakatning masofasini, eng yuqori tezlikni, tezlik oshirilgani bo‘yicha ogohlantirishlar sonini, barqarorlashtirish, to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimlarining ishlash holatlarini qayd etib boradi.
https://www.youtube.com/watch?v=jXsgcP2dexE
Bundan tashqari, xavfsizlik kamari taqilmaguncha audiotizim ishlamaydi. Ota-onalar 64−120 km/soat diapazonida maksimal tezlikni tanlash imkoniga ega bo‘ladi, tezlik belgilangan ko‘rsatkichdan oshganda, ovozli signal tarqaladi. Shuningdek, ushbu rejimda xavfsizlik bilan bog‘liq bir nechta tizimlarni o‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi.
Izoh (0)