“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan xonanda Shohjahon Jo‘rayevning litsenziyasi to‘xtatilgani sababi ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Birlashmaning litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqaxxorov “Sayyod.com”ga ma’lum qilishicha, Shohjahon Jo‘rayev xorijga chiqishdan avval “O‘zbeknavo”ni ogohlantirib ketmagan. Shu sababli litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatilgan.
Xonandaning o‘zi bunday tartib haqida bilmasligini, hatto eshitmaganini aytgan. U Rossiyaga tug‘ilgan kunga ketganini, shunchaki paytdan foydalanib bepul konsert berganini qo‘shimcha qilgan. “Aytmay ketganimga jazo qo‘llashdi, endi bilib oldim aytib ketish kerakligini”, − deydi Shohjahon Jo‘rayev.
Izoh (0)