Qoraqalpoq elining iste’dodli san’atkori aktrisa Shahzoda Matchonova ona yurti haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
Ijodkor Qoraqalpog‘iston insonlari bag‘rikeng, mehribon ekanligini, shunday go‘zal va betakror go‘shada tug‘ilib o‘sgani bilan faxrlanishini qayd etar ekan, har gal Nukusga borsa, u yerdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, dili yayrashini aytdi.
Shahzoda ona yurtidagi eng qadrli narsalarni ham yodga olib o‘tdi: “Savitsskiy muzeyini shak-shubhasiz butun dunyo yaxshi taniydi, deya olaman. Buni muzeyga tashrif buyuradigan sayyohlar sonidan ham bilish qiyin emas.
Orol dengizi menga juda qadrli bo‘lishi bilan birgalikda yuragimning og‘riqli nuqtasi. Dengizning qurishi nafaqat men uchun, balki butun sayyoramiz uchun ayanchli holat. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonning juda boy madaniy tarixi bor”.
Izoh (0)