Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari Qrim hududida bo‘lib, tajovuzkor harakatlarga tayyor turganini tan oldi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Jen Psaki “Qrim. Vatanga yo‘l” filmini izohlar ekan, aytib o‘tdi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
“Bir yil oldin prezident Putin butun dunyoga jar solib, Rossiya qurolli kuchlari Qrimdagi vaziyatga aralashmaganini aytgan edi. Endi esa u butun dunyo qarshisida Rossiya qo‘shinlari aslida bunga aralashganligiga iqror bo‘lib turibdi, bu uning o‘zi aytgan gaplar”, — deya qayd etdi Psaki.
“O‘ylashimcha, ular nafaqat harbiy aralashuv faktini, balki ular yanada tajovuzkor choralar ko‘rishga tayyor bo‘lganliklarini ham tan oldi”, — deya Jen Psaki Putinning 2014-yil martida yadroviy kuchlarni jangovar shaylik holatiga keltirishga tayyor bo‘lib turgani haqidagi gaplarini izohladi.
Izoh (0)