2015-yil 16-mart kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Bordimqul qishlog‘ida Stalingraddagi Pavlov uyining so‘nggi himoyachisi Kamoljon Turg‘unov 93 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Otam o‘zining 14 farzandi, 62 nevarasi va 85 chevarasiga mehribon edi. U so‘nggi vaqtlarda betob bo‘lib qolgandi, biroq tuzalib, 9-mayda Moskvadagi paradga bora olishiga ishonardi. Afsuski bu amalga oshmadi”, − deydi uning o‘g‘li Samigjon.
Kamoljon Turg‘unov 15-may kuni 93 yoshga to‘lar edi. Ikkinchi jahon urushida u Stalingrad jangidan keyin Ukraina, Belorussiya va Yevropaning ko‘plab shaharlarini ozod qilishda qatnashgan, urush yakunini Magdeburgda qarshi olgan. Urushdan qaytgach, traktorchi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)