Amerikaning Apple kompaniyasi Trade-in dasturi bo‘yicha boshqa ishlab chiqaruvchilarning devayslarini qabul qilishni boshladi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Ushbu dastur yangi gadjet narxining bir qismi avval ishlatilgan qurilma hisobidan qoplanishini nazarda tutadi. Kompaniya ma’lum narxdagi devayslar o‘rniga iOS-qurilmalar sotib olish uchun sovg‘a sertifikatlarini taqdim etadi.
Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, Apple o‘zining Trade-in dasturini kengaytirib, endi nafaqat eski iPhone’larni, balki boshqa kompaniyalarning devayslarini, jumladan Android-smartfonlar va Blackberry gadjetlarini ham qabul qila boshlaydi.
Izoh (0)