Qozonda “Admiral” savdo markazidagi yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish munosabati bilan favqulodda vaziyat rejimi o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Savdo majmuasidagi yong‘in 11-mart kuni sodir bo‘ldi, natijada 5 kishi halok bo‘ldi. 55 nafar jabrlanganlar tibbiyot xodimlariga murojaat qilgan, ularning 16 nafari kasalxonalarda yotibdi. Uch kishining ahvoli og‘ir.
Fojia fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida savdo markazi ijarachisi bo‘lgan firma direktori Guseyn Gahramanov hibsga olindi.
Ayni paytda voqea joyida xarobalarni tartibga solish davom etmoqda.
Izoh (0)