Pokiston hukumati mamlakat hududida o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni butunlay olib tashladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Moratoriy 2008-yilda joriy qilingan edi. 2014-yil dekabr oyida Peshovardagi maktabga uyushtirilgan terakt oqibatida 150 kishi, jumladan 134 bola halok bo‘lgach Pokiston prezidenti Navoz Sharif moratoriyni faqat terrorchilarga nisbatan olib tashlagan edi.
Shundan keyin birin-ketin Pokistonda qo‘lga olingan terrorchilarni qatl etish boshlandi. Endi esa mahalliy OAV moratoriy butunlay olib tashlanganini xabar qilmoqda.
Izoh (0)