O‘tgan haftada qurolli hujumga uchragan AQShning Janubiy Koreyadagi elchisi Mark Lippert Seuldagi shifoxonadan chiqdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Lippert o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgan. Diplomat imkoni boricha tezroq ishga qaytishiga umid bildirib, bo‘lib o‘tgan hodisa AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarga hech qanday ta’sir qilmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni Koreya birlashuvi tarafdori bo‘lgan 55 yoshli Kim Ki Chjon AQShning Janubiy Koreyadagi elchisi Mark Lippertga 25 santimetrli pichoq bilan hujum qilib, jarohat yetkazgan edi.
Izoh (0)