Gollivud aktyori Xarrison Ford 5-mart, payshanba kuni aviahalokatga uchradi, deya xabar bermoqda “TASS”. Uning samolyoti Los-Anjeles tashqarisidagi golf maydoniga quladi.
AQSh OAVlari yozishicha, aktyor tirik, biroq ko‘p joyidan lat yegan, jumladan boshidan jarohat olgan.
Bu ma’lumotni Los-Anjeles politsiyasi tasdiqladi, biroq uchuvchining ism-sharifini oshkor etmadi. “65—70 yoshlardagi erkak o‘tirgan samolyot halokatga uchraganini tasdiqlaymiz. U barqaror holatda yaqin oradagi kasalxonaga yetkazildi”, — deya aniqlik kiritdi huquq-tartibot organlari vakili.
Uning aytishicha, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)