Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali xonanda Timatiga Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone smartfonini sovg‘a qilganini va o‘zi ham iPhone’dan voz kechishini ma’lum qildi.
“Men avvalroq iPhone’dan foydalanishdan voz kechmoqchi ekanligim haqida yozgandim. Shundan buyon YotaPhone’ni yaxshilab o‘rgandim. Bugun do‘stim Timati − Timur Yunusov kelgan edi. Men unga ham sovg‘a qildim. Bundan buyon ikkalamiz ham faqat o‘zimizning YotaPhone’dan foydalanamiz. U ishlatishga qulay, chiroyli dizaynga ega, eng asosiysi esa − bu Rossiya mahsuloti”, − deb yozdi Qodirov.
Avvalroq, Vladimir Putin Si Szinpinga YotaPhone sovg‘a qilgach Ramzan Qodirov ham o‘ziga ushbu smartfondan sotib olishini ma’lum qilgan edi. Keyin esa YotaPhone sotib olib, rossiyaliklarni iPhone’dan voz kechishga chaqrigan, so‘ngra esa o‘zi iPhone’dan voz kechmagani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)