Iste’dodli ijodkor Lola “Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin” filmidagi roli haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Fattohhon.com”.
“Film ssenariysini o‘qiganimda, ba’zi joylarida hattoki, bu rol men haqimda, deb o‘ylab ham qoldim, – dedi xonanda. – Hattoki, mening xarakterimning ayrim detallarigacha, meni o‘zimni tutishim, men ishlatadigan so‘zlar, hamma –hammasi menga shu qadar yaqin ediki! Suratga olish ishlari ham men uchun shunchalik oson bo‘ldiki, hattoki ba’zi joylarida rol o‘ynashimga ham to‘g‘ri kelmadi! Men o‘zimni ijro qildim, desam ham bo‘ladi!”
Uning so‘zlariga ko‘ra, film rejissyori juda talabchan bo‘lishiga qaramay, Lolaning sahnalari bitta dublda suratga olingan. Film uchun qandaydir boshqa bir obrazga kirishga, o‘zgarishga to‘g‘ri kelmaganini aytar ekan, xonanda hatto liboslar borasida ham o‘z liboslaridan foydalanganini ma’lum qildi.
Izoh (0)