2015-yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollari, 2014-yil 14–15-oktabr kunlari Berlin shahrida o‘tkazilgan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Germaniya siyosiy muloqotini davom ettirish va savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi uzoq muddatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Elchi 2019–2020-yillarga BMT Xavsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga GFR nomzodini ilgari surish haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama aloqalar jadvali va ba’zi xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.