Avstriya Adliya vazirligi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Rahat Aliyev qamoqxonada o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Avstriya rasmiylari Aliyevning Yozefshtadtda joylashgan qamoqxonadagi bir kishilik kamerada o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabarni tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, Aliyevni Toshkent vaqti bilan soat 11:20 da nonushta tarqatilayotgan paytda o‘lik holda topishgan. U bintlarga osilgan holda bo‘lgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)