Venesuela poyatxti Karakas shahrining meri, muxolifatdagi “Jasur insonlar ittifoqi” partiyasining vakili Antonio Ledesma davlat to‘ntarishi uyushtirish uchun fitna tayyorlashda ayblanib qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Meduza.
Bu haqda ma’lum qilgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qamoqqa olish uchun orderni mamlakat bosh prokuraturasi berganini ta’kidaldi. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, Ledesma AQSh ishtirokida hukumatni ag‘darish uchun tayyorlangan yirik fitnaga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Karakas merini “vampir” deb atagan Maduro Ledesma 2014-yilda 43 kishining hayotiga zomin bo‘lga hukumatga qarshi namoyishlarning tashkilotchilaridan biri ekanligini ma’lum qilgan. Karakas meri o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni qat’iyan rad etgan. AQSh davlat departamenti ham Vashingtonning fitnaga aloqadorligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)