AQShning Kaliforniya shtatida noqonuniy ravishda qurol saqlagani uchun qamalgan va “AQShdagi eng kelishgan jinoyatchi” nomiga sazovor bo‘lgan mahbus Jeremi Miks ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
The New York Daily News yozishicha, endi u modellik va aktyorlik karyeralarini boshlashni keyinga surib turishiga to‘g‘ri keladi. Gazetaning aniqlik kiritishicha, Miks ikki nafar Gollivud agentlari bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, ular yigitga oyiga 30—100 ming dollarlik takliflarni qilmoqchi bo‘lgan.
6-fevral, payshanba kuni federal sud sudyasi Miksga hukm chiqardi. Unga ko‘ra, ayblanuvchi turmada 27 oy bo‘lib, yana 500 soatlik reabilitatsiya dasturidan o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Kaliforniya shtati, Stokton shahri politsiya mahkamasining Facebook’dagi sahifasiga 2014-yil 18-iyun kuni qo‘yilgan Jeremi Miksning rasmi hozirgacha 100 mingdan ortiq “Like” va ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Facebook foydalanuvchilari qo‘lga olingan Jeremining haddan ziyod kelishgan ekanligini ta’kidlagan holda uning chiroyi xazon bo‘layotganligini bildirishgan.
Izoh (0)