2-fevral kuni ispan nashrlarida 2013-yil braziliyalik futbolchi Neymarning “Barselona” jamoasiga kelishi vaqtida davlatdan 12 million yevro miqdoridagi mablag‘ yashirilib, soliqlar to‘lanmagani uchun sobiq prezident Sandro Rossel va Neymarning agentiga qarshi ayblov e’lon qilingani ma’lum qilingan edi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
3-fevral kuni Marca nashrida Ispaniya prokuroturasi uchinchi ishni ham ochishi mumkinligi, jamoaning amaldagi prezidenti Xosep Bartomeu ham “Neymar ishi”ga aloqadorlikda gumon qilinayotgani haqida xabar qilindi. Uning bu ish vaqtida 2,84 million yevro miqdoridagi pulni o‘zlashtirgani shubha ostiga olinmoqda.
Bu ish bo‘yicha sud majlisi 13-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)