Janubiy Koreyaning “Sports Choson” nashri xabariga ko‘ra, bugun olimpiya terma jamoamiz a’zosi Tohir Shamsiddinov koreyalik jabrdiyda Shim Sang Mindan uzr so‘ragan. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Futbolchimiz va murabbiylar shtabimiz Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi joylashgan mehmonxonaga borgan va bo‘lib o‘tgan voqeadan chuqur afsus bildirgan.
Koreys nashrining davom etib yozishicha, O‘zbekiston futbol federatsiyasi koreys tomoniga uzrnoma yuborgan va Tohir Shamsiddinov Toshkentga yo‘l olgan. Shuningdek, Janubiy Koreya futbol assotsiyatsiyasi O‘zbekiston futbol federatsiyasining uzrnomasini qabul qilgan va 27-mart kuni ikkala mamlakat milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)