Shu kunlarda Melburn shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning 4 ta yirik turnirining dastlabkisi — Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda. O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Jo‘rabek Karimov yarim finalga chiqqan edi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Jo‘rabek Karimov bugun, 30-yanvar kuni finalga chiqish uchun musobaqaning birinchi raketkasi rossiyalik Roman Safiulinga qarshi kortga chiqdi. U mazkur bahsda uch set natijasiga ko‘ra, imkoniyatni boy berdi — 3:6, 7:6, 1:6.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov yarim finalga qadar italiyalik Andrea Pelegrinoni 6:3, 6:3, koreyalik Sun Vu Kvonni 6:3, 6:1, gollandiyalik Tim Van Riytxovenni 7:6, 6:2, gretsiyalik Stefanos Sitsipasni 3:6, 6:4, 6:1 hisobida taslim etgan edi.
Izoh (0)