GM Uzbekistan kompaniyasining ishonch telefoni Nexia’ning nomi Ravon deb o‘zgartirilishi haqidagi axborotni tasdiqlamadi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Ishonch telefonidagi operatorlarning ma’lum qilishicha, zavod 2015-yildagi ishni 20-yanvardan boshlagan, hozircha boshqa yangiliklar yo‘q.
“GM Uzbekistan bilan bog‘liq barcha yangiliklar ‘Chevrolet.uz’ saytida e’lon qilinadi”, — dedi kompaniyaning ishonch telefoni orqali javob bergan vakili.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Nexia’ning nomi Ravon deb o‘zgartirilganini ko‘rsatuvchi, biroq haqiqiyligi tasdiqlanmagan suratlar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)