Yaqin yillar ichida Toshkent avtobus parklari o‘zimizda ishlab chiqarilgan SamAuto LE 60 past polli avtobuslar bilan to‘la boshlaydi, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz” “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Otabek Sodiqovga tayanib.
“Toshkentda bugungi kunda bunday avtobuslarning faqat bittasi harakatlanmoqda. Biz o‘z xulosalarimiz va uni mukammallashtirish bo‘yicha takliflarimizni Samarqand avtomobil zavodiga yo‘naltirdik”, — deya ta’kidladi Otabek Sodiqov.
Uning aytishicha, 2016-yildan poytaxt avtoparklari SamAuto LE 60’ni sotib olish hajmini ko‘paytirib, Isuzu avtobuslarini qisqartira boshlaydi. Bu shuningdek Samarqand avtomobil zavodida ushbu avtobuslarni seriyali ishlab chiqarishning boshlanishiga bog‘liq.
Izoh (0)