Joriy yil Rossiyada Havo-kosmik kuchlar tuziladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua” Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Valeriy Gerasimovga tayanib.
Uning aytishicha, Havo-kosmik kuchlar ayni paytda mavjud bo‘lgan Harbiy havo kuchlari va Havo-kosmik mudofaa qo‘shinlarini birlashtirish orqali tashkil etiladi.
Rossiya harbiy qo‘mondonligining bunday rejalari o‘tgan yilning dekabridayoq ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Havo-kosmik kuchlar tarkibiga havo hujumiga qarshi mudofaa va aviatsiya kuchlari (Harbiy havo kuchlari tarkibida mavjud bo‘lgan) hamda axborot va zarba kuchlari (Havo-kosmik mudofaa qo‘shinlari tarkibidagi) kirishi oshkor qilingan edi.
Izoh (0)