Avstraliyaning Brisben shahrida Osiyo kubogi guruh bosqichi ikkinchi turi doirasidagi O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.
Ikkinchi bo‘limni esa Xitoy o‘ta faol o‘tkazdi va yakunda irodali g‘alabaga erishdi. 55-daqiqada Vu Si hisobni tenglashtirdi va 67-daqiqada Sun Ke jamoasini oldinga olib chiqdi. 2:1 hisobi o‘yin oxirigacha o’zgarmadi.
3-turni O‘zbekiston 18-yanvar kuni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)