2014-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Madridning “Real” klubining portugaliyalik vakili rossiyalik model Irina Sheyk bilan ajrashgani haqida xabar tarqaldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Bunday mish-mishlar tarqalishiga rossiyalik modelning Syurixda bo‘lib o‘tgan “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida qatnashmagani sabab bo‘lgan. Shuningdek, futbolchi o‘z nutqida Sheykni esga olmagan.
Qayd etilishicha, hozirda Sheyk dengiz kurortlaridan biridagi plyajda dam olmoqda. Buni u Instagram’ga qo‘ygan fotosuratlaridan bilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh (0)