O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Sh. K. Abduraxmanovni Andijon viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Shuxratbek Kushaqbayevich Abduraxmanov Andijon viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)