Amerikalik Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Vatikanda Rim Papasi Fransisk I bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Joli Vatikanga “Sinmas” (Unbroken) filmini amaldorlarga namoyish etish uchun tashrif buyurgan edi. Diniy tashkilotlar vakillari film ijobiy ma’naviy qadriyatlarga boyligini e’tirof etgan.
Ma’lumot uchun, 2014-yil 25-dekabrda premyerasi o‘tkazilgan “Sinmas” filmi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi − uzoq masofaga yugurish bilan shug‘ullangan Lui Zamperinining murakkab taqdiri haqida hikoya qiladi.
Izoh (0)