“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike va jamoa hujumchisi Lionel Messi o‘rtasidagi ziddiyatning ba’zi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Uff.uz” “Sport.es” saytiga tayanib.
44 yoshli mutaxassis ochiq mashg‘ulotlarga kelmagani uchun Messiga xayfsan e’lon qilmoqchi bo‘lgan. Ammo Xavi, Inyesta va Buskets kabi jamoa faxriylari vaziyatga aralashib, Enrikedan bunday yo‘l tutmaslikni so‘ragan. Sababi ular bu qaror ichki muhitni yanada buzib yuborishidan qo‘rqqan.
Avvalroq, Lionel Messi oshqozoni bilan bog‘liq muammo borligini bahona qilib, jamoaning ochiq mashg‘ulotlariga kelmagandi. Hozirda argentinalik futbolchi yakka tartibda mashg‘ulot olib borayotgani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)