Marsda sayohat qilish uchun mo‘ljallangan avtomobil konsepti yaratildi (foto)
Braziliyalik dizayner Eduardo Galvani loyihasi bo‘lgan bu kelajak avtomobili Nimbus deya nomlanadi. Uning dizayni furgonga o‘xshash ishlangan bo‘lib, Volkswagen mikroavtobusini eslatadi, deyiladi The Verge xabarida.
Nimbus konsepti. Foto: The Verge
Nimbus pufak shaklida bo‘lib, unda qayrilgan oyna, uglerod-tola, titan va alyumin ishlatiladi. Foto: The Verge
Avtomobil ishlab chiqarilganda og‘irligi 1,6 tonna bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Galvani o‘zining avtomobil loyihasida bir qancha texnik xususiyatlarni ham o‘ylab qo‘ygan.
Undagi narvon va tom qismi xuddi mikroavtobusni eslatadi. Foto: The Verge
Unda masofani aniqlash sensorlari ham o‘rnatiladi. Foto: The Verge
180 ot kuchiga ega elektr dvigateli orqa tomonga o‘rnatiladi, shuningdek unda gazda ishlaydigan dvigatel ham mavjud bo‘ladi. Foto: The Verge
Avtomobilda quyosh batareyalari o‘rnatiladi. Foto: The Verge
Nimbus soatiga 160 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Foto: The Verge
Avtomobilda muzlatgich o‘rnatilgani bois, undagi o‘rindiqlar soni 5ta va ular yerdan ancha baland bo‘ladi. Foto: The Verge
Marsda sayohat qilish orzumiz uchun bu shisha va metaldan qilingan avtomobil konsepti ajoyib yechim, deyiladi xabarda. Siz nima deb o‘ylaysiz?
Izoh (0)