Indoneziya hukumati 28-dekabr kuni radarga ko‘rinmay qolgan Air Asia aviakompaniyasiga tegishli samolyot bo‘laklari topilganini rasman tasdiqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu ma’lumotni jurnalistlarga Indoneziya Transport vazirligi havo transporti boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Joko Murjamojo yetkazgan. “Hozirda bo‘laklar Air Asia samolyotiga tegishli ekanligini tasdiqlay olamiz. Pahglakan-Kun shahridan 160 kilometr janubi-g‘arbda dengizdan yo‘lovchilar saloni eshigi va yuk bo‘limi lyuki topildi. Bu hududda dengiz chuqurligi 25−30 metrni tashkil etadi”, − dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning Air Asia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Belitung oroli yaqinida suvga qulab tushgani xabar berilgan edi. Samolyot qoldiqlarini izlash uchun 50 ta samolyot va 30 ta kema jalb qilingan.
Izoh (0)