Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri Navoiy shahri yaqinidan olib o‘tilgan samolyot fotosuratini internetga chiqardi.
Foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu surat avgust oyida olingan. Shuningdek, bu IL-76 samolyoti ekanligi ham qayd etilgan.
Avvalroq, “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahri ko‘chalaridan samolyot olib o‘tilgan holatning suratlari paydo bo‘lgani xabar qilingan edi.