Toshkent shahri ko‘chalaridan samolyot olib o‘tildi. Tegishli holat aks etgan suratni Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri tarmoqqa chiqargan.
Fotosuratni guruhga joylashtirgan foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi yaqinida suratga olingan.