2014-yil so‘ngiga kelib, “Mango” guruhi ijodida ham, tarkibida ham o‘zgarishlar bisyor, deb xabar beradi “Popcorn.uz”.
Guruh tarkibiga yaqinda yangi a’zo qo‘shilgandi. Farruh jamoani tark etib, o‘rniga Oybek kelgan edi. Endi esa guruh yana eski tarkibga qaytdi. Bugungi kunda guruhda Azizxon, Hamdam va Farruh faoliyat olib bormoqda. Bir necha yillar davomida sinalgan a’zolar yana bir guruh safida ijod qilmoqda.
Guruh a’zolari bu tarkib bilan yangi qo‘shiq va videoklip tayyorladi. Avvalgi qo‘shiqlardan farq qiluvchi tarona “Kim aybdor?” deya nomlanadi. Tarona uchun videoklip Dilmurod Agzamov tomonidan tasvirga olindi.
Klip trek yo‘nalishida bo‘lsa-da, tarona mazmuni tasvirlar va hissiyot orqali yoritilgan, unda dard va kuzgi armonlar aks etgan.
http://www.youtube.com/watch?v=VEmo49PBHX0
Qayd etilishicha, guruh vakillari yangi yil uchun ham alohida tayyorgarlik ko‘rayotganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)