6-dekabr kuni kechqurun Filippinning sharqiy va markaziy mintaqalariga yetib kelgan “Xagupit” nomli kuchli to‘fon tufayli millionlab aholi elektr tokisiz qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakatning ayrim hududlarida telefon aloqasi uzilgan, uylar tomsiz qolgan bo‘lsa, ko‘chalar ildizidan uzilgan daraxtlar bilan to‘lgan. Shamolning juda shiddatli kuchi soatiga 195 kilometrgacha yetdi.
Aholini evakuatsiya qilish bilan bog‘liq tadbirlarning o‘z vaqtida muvaffaqiyatli amalga oshirilgani tabiiy hodisa qurbonlari miqdorining ko‘payishini to‘xtatib qoldi.
BMT Fillippindagi evakuatsiyani tinch vaqtda amalga oshirilgan eng katta ko‘lamli tadbirlardan biri bo‘lganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, uyini tark etgan 700 mingdan ziyod kishi cherkovlar, maktablar va sport zallariga joylashtirilgan.
Izoh (0)