Orion yangi avlod kosmik kemasi Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” NASA Twitter’idagi xabarga tayanib.
Avvalroq NASA Orion’ni Kanaveral burnidan muvaffaqiyatli uchirgan edi. U aslida 4-dekabr kuni parvoz qilishi kerak edi, biroq texnik nosozliklar va kuchli shamol tufayli uni uchirish 5-dekabrga qoldirildi.
Ushbu kosmik kema yordamida 2030-yildan so‘ng Marsga qo‘nish mumkin bo‘lishi taxmin etilmoqda.
Sinov parvozi davomida kema Yer atrofida 5,8 ming kilometr uzoqlikda ikki marta aylanishi, buning uchun 4,5 soat vaqt sarflashi lozim edi.