Avtomobil ishlab chiqaruvchilarga lak-bo‘yoq mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblangan PPG industries 2014-yilda avtomobillar uchun eng ommabop ranglarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tugayotgan yilda eng ko‘p oq va qora rangli avtomobillar sotilgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, kulrang, jigarrang va qizil avtomobillarning ommabopligi ham yuqori bo‘lgan. Oq va qora avtomobillar butun dunyoda, barcha qit’alarda ommabop bo‘lgan holda, Janubiy Amerikada kumushrang avtomobillar qora ranglilardan ham ko‘ra xaridorgir bo‘lgan.
Izoh (0)