Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Coca-Cola HBC zavodi direktori Dmitriy Soshnevning yo‘qolishi fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Interfax. Ish bunday holatlarda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-bandi (“Qotillik”) bo‘yicha tergov qilinadi.
Zavod direktori yo‘qolib qolganligi haqidagi arizani politsiyaga uning onasi 30-noyabr, yakshanba kuni bergan. Ayolning aytishicha, 28-noyabr kuni ertalab 8 da Soshnev yirik miqdordagi pul bilan ishga jo‘nab ketib, qaytib kelmagan. Uning qayerda ekanligi hozirgacha noma’lum.
Coca-Cola HBC zavodida direktor dushanba kuni ishga kelmaganini aytishdi. U ishga minib ketgan BMW avtomobili topilgan, ayni paytda mashina ekspertlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh (0)