Gollivud aktrisasi Anjelina Jolining avtomobili shinasi yo‘lda yorilib ketdi. Aktrisa mashinasining tezlik nazoratini yo‘qotgach, to‘siqqa borib urildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, transport vositasining ahvoli o‘ta nochor holatda. Baxtli tasodif tufayli Joli faqatgina yengil jarohat olgan. Anjelina Joli yangi “Sindirilmagan” nomli filmning suratga olish jarayonlarini tugatib, Beverli-Xillzdan qaytayotgan bo‘lgan.Yomg‘ir yog‘a boshlagach, yo‘llarda harakatlanish va ko‘rish sifati yomonlashgan. Bundan tashqari, aktrisa ijaraga olgan mashinaning ikki shinasi ham yorilib ketgan va avtomobil bor tezligi bilan to‘siqqa urilgan. Aktrisa keyinroq yordamchisining mashinasida uyiga yetib olgan.
Izoh (0)