Inqilobiy organik svetodiodlar texnologiyasi yangi kelajak televizorlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Yupqa korpus, tasvir sifati, materiallar — bular OLED televizorlarini farqlantirib turadigan ko‘rsatkichlarning bir nechtasi xolos, deb xabar qiladi LG kompaniyasi.
Birinchidan, OLED televizorlarining asosiy afzalligi uning yupqa korpusidir. LED-televizorlaridagi ekranlar orqadan yoritiladi, JK-matritsalar esa tasvirni shakllantirar ekan, bu yorug‘likni qanchalik o‘tkazishi yoki o‘tkazmasligi dargumon. OLED-televizorlarida matritsa undan elektr toki o‘tkazilayotganda yorug‘likni o‘zi beradi. Natijada bu ekran qalinligiga ta’sir ko‘rsatadi — LG CURVED OLED TV televizori LED’dagi 30 mm o‘rniga atigi 4,3 mm qalinlikka ega. Bundan tashqari, OLED televizori 55 dyuymli diagonalda atigi 7,5 kilogramm og‘irdir.
Ikkinchidan — tasvir. OLED televizorlarida rang har bir svetodiod orqali shakllantiriladi. LED-ekranlari esa yoritgichni JK-matritsa orqali o‘tkazish yo‘li bilan rang hosil qiladi. Shunday qilib, OLED ekranida tabiiy ranglarga erishish mumkin. Bundan tashqari, organik svetodiodlarda “tuganmas” kontrastlik mavjud bo‘lib, bu ranglarning yetkazilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
LG CURVED OLED TV televizori o‘ta yuqori tasvir sifati bilan lol qoldiradi. Buning boisi — bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yoritadigan svetodiodlar, shuningdek, patentlangan WRGB texnologiyasidir. 4 rangli piksel texnologiyasi (oq/qizil/yashil/ko‘k) tabiiy rang o‘tkazilishini yaratadi, Smart Sound rejimi esa istalgan kontentga to‘g‘ri keladigan tovush ekvalayzerini mustaqil tanlaydi.
Uchinchidan — atrof-muhit haqida g‘amxo‘rlik. OLED televizorlarining kam energiya iste’moli televizorni ishlab chiqarishga, o‘rash va ishlatilishiga ketadigan energiya sarfining sezilarli darajada kamaytirilishi bilan birgalikda, organik svetodiodlar texnologiyasi haqida ekologik xavfsizlik masalasida eng ilg‘or texnologiya deb aytishga imkon beradi.
Boshqa zamonaviy televizorlardan farqli ravishda, LG CURVED OLED TV inson ko‘zining to‘r pardasi radiusini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan, buning natijasida ko‘rish burchagi 170 darajagacha oshirilgan. Shuningdek, bebaho ustunliklardan yana biri tasvirning hattoki eng tez harakatlanadigan sahnalarda ham o‘ta yuqori kontrastga (10 000:1) egaligidadir.
Texnologiyalarning bunday birikmasi tasvir sifatini yangi bosqichga ko‘taradi va ekranda kechayotgan voqea-hodisalarga yana ham chuqurroq kirib borishga imkon beradi.
Shuningdek, LG CURVED OLED TV da 3D tasvir sog‘liq uchun biron-bir salbiy oqibatlarsiz, mutlaqo xavfsizdir: egik OLED televizorlarida elektromagnit nurlanishlar va doimiy pirillashlar mutlaqo yo‘q. 3D ko‘zoynaklar esa juda zamonaviy va yengil ishlangan, ularga quvvatlagich ham kerak emas.
Izoh (0)