Rossiyaning “Rubej” nomli yangi RS-26 qit’alararo ballistik raketasining so‘nggi sinovi joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
RS-24 “Yars” raketasi asosida yaratilgan “Rubej” raketaga qarshi mudofaa to‘sig‘idan o‘tishning takomillashtirilgan tizimiga ega. Raketaning bosh qismi mo‘ljalga bir nechta qurol kallakchalarni 11 ming kilometrgacha yetkazib bera oladi.
“Sinovlar hali yakunlanmagan. Reja bo‘yicha qit’alararo ballistik raketa 2015-yilda qabul qilinishi kerak. Dekabr oyida yakuniy sinov o‘tkazilib, seriyali ishlab chiqarish uchun qaror qabul qilinadi”, − dedi Rossiya harbiy-sanoat majumasi vakili.